Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
“Barselona” Ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish borasida xotirjam
Ikkala tomon ham bir necha oydan beri muzokara olib bormoqda.
Sport xabariga ko'ra, "Barselona" germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirishdan qo'rqmaydi.
28 yoshli futbolchi yaqinda shartnoma mavzusiga ochiqchasiga javob qaytarganiga qaramay, "Barselona" uni shartnomani uzaytirishiga ishonishadi.
Ter Shtegen bilan Klub sport direktori Erik Abidal uchrashgani va kelishmovchiliklar bo'lsa ham, ularning muhokamalarida hech qanday muammoli narsa yo'qligi aytilmoqda. "Barsa" nemisga to'liq ishonadi va ular 2025 yilgacha shartnomani imzolashga tayyor.
Ter Shtegenning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Darvozabon "Blaugrana" safida ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda qatnashdi.
Manba: Sport
UB
Fikrlar 2
Yaxwi
omad