Qatarning "As-Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi kelajakda "Barselona"ni boshqarishini inkor etmadi.

"Yashirmayman, "Barselona"ni boshqarish - mening asosiy maqsadim, lekin uni hali vaqti keladi. "Barselona" mening uyim, "Barselona" murabbiyi bo'lish bu mening orzularimning amalga oshishi bo'ladi.

Ammo men hozir bor e'tiborimni "As-Sadd"ga qaratganman. Avvalo, Setenni hurmat qilish kerak, men jamoaga faqat omad tilayman.

Seten boshqaruvida "Barselona" ayrim vaqt yaxshi o'ynadi, ba'zida unchamas. Biroq, menga Setenning g'oyasi yoqadi, hozir ham, avvalgi jamoalarida ham: o'yinni boshqarish va jozibali futbol ko'rsatish", -dedi Xavi.