Karnevali “Sassuolo” o'tgan mavsumdan beri Monchu bilan muzokaralar olib borganini aytib o'tdi. Shuningdek, italiyalik boshqa da'vogarlarning qiziqishi borligini tan oldi. "U yosh, biz "Barsa" bilan gaplashyapmiz, o'tgan mavsumdan beri muzokaralar olib bormoqdamiz",- dedi Karnevali Sky Sports nashriga. "Blaugrana bilan yaxshi munosabatdamiz va Monchu - juda istiqbolli futbolchi. Qiziqish bor, ammo shunga qaramay biz yopib qo'yishimiz mumkin." Xabarlarga ko'ra, Monchu "Barselona" bu yozda ijara shartnomasida yoki sotib olish sharti bilan qo’yib yuborishga tayyor. Kataloniya gigantlarining so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi klub yoshlar tizimida tajribasini oshirib bordi va rivojlanishda davom etishi kerak. Monchuga hozirda juda ko'p takliflar mavjud va u yozgi transfer oynasida Kataloniyani tark etishi mumkin. Yarim himoyachi joriy mavsumda 29 ta o'yinda 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Manba: Tuttomercatoweb.com