[readimg]https://championat.asia/upload/storage/584067_680.jpg[/readimg] Lionel Messi XXI asrda penaltidan gol ura olmagan futbolchilar orasida etakchilik qilmoqda. Transfermarkt sayti XXI asrda penaltidan unumli foydalana olmagan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Evropaning Top-5 chempionatlari ichida nuqtadan zarba berishda eng ko'p "Barselona" forvardi Lionel Messi xatoga yo'l qo'ygan – XXI asrda u 22 bor penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Roma" afsonasi Franchesko Totti bo'lishib turibdi – 18tadan omadsiz penalti. Reytingning Top-10 quyidagi ko'rinish olgan: 1. Lionel Messi, "Barselona" – 22 ta 2-3. Krishtianu Ronaldu, "Yuventus" – 18 ta 2-3. Franchesko Totti, eks-"Roma" – 18 ta 4. Antonio Di Natale, eks-"Udineze" – 14 ta 5. Edinson Kavani, "PSJ" – 13 ta 6-7. Ueyn Runi, "Derbi Kaunti", eks-"MYU" – 12 ta 6-7. Serxio Aguero, "Manchester Siti" – 12 ta 8-10. Ronaldino, eks-"Barselona" – 10 ta 8-10. Rud van Nistelroy, eks-"MYU" – 10 ta 8-10. Aric Aduris, eks-"Atletik" – 10 ta Manba: sports.ru