Londonning "Tottenxem" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino uchun kurashda etakchiga aylandi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. 

Manbaning xabariga ko'ra, Koutino Joze Mourino qo'l ostida o'ynashga qarshi emas. Joze Filippeni jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylantirishga tayyor. Eslatib o'tamiz, futbolchining transfer huquqi "Barsa"ga tegishli. Joriy mavsumni havbek "Bavariya"da ijarada o'tkazdi.