Forbes jurnali dunyoning eng qimmat sport klublarining reytingini taqdim etdi.

Futbol klublari orasida top-10likka "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari kiritildi. Top-50dan esa "Bavariya" (24-o'rin), "Manchester Siti" (34-o'rin), "Chelsi" (37-o'rin) va "Arsenal" (47-o'rin) klublari joy oldi.

Dunyoning eng qimmat sport klublari top-10ligi:

1. "Dallas" (AQSh, Amerika futboli) - 5,5 milliard dollar;

2. "Yankis" (AQSh, beysbol) - 5 milliard;

3. "Nyu-York" (AQSh, basketbol) - 4,6 milliard;

4. "Leykers" (AQSh, basketbol) - 4,4 milliard;

5. "Golden Steyt Uorriorz" (AQSh, basketbol) - 4,3 milliard;

6. "Real" (Ispaniya, futbol) - 4,24 milliard;

7. "Nyu-Inglend" (AQSh, Amerika futboli) - 4,1 milliard;

8. "Barselona" (Ispaniya, futbol) - 4,02 milliard;

9. "Nyu-York Djayents" (AQSh, Amerika futboli) - 3,9 milliard;

10. "Manchester Yunayted" (Angliya, futbol) - 3,81 milliard.