"Vest Xem" "Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Kataloniya klubi futbolchi bilan kelishuvni davom ettirmoqchi emas. Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, "bolg'achilar" Breytueyt uchun "Barselona"ga 17 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, hujumchi xizmatiga shuningdek, "Everton" ham qiziqish bildirmoqda.