[readimg]https://championat.asia/upload/storage/584407_680.jpg[/readimg] "Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu futbolchilarning yoshi haqida gapirdi. "30 yoshdan keyin futbolchilar ambitsiyani yo'qotadi? Bu fikrga qo'shilmayman. Ular eng zo'rlari. Ular yuqori darajada mehnat qilishadi, bor kuchini maydonga tashlashadi. Ularning ambitsiyalari yuqori. Tajriba va kelajak avlodni jamlash eng yaxshi kombinatsiya ekanligini barcha biladi. Ba'zida ularning jahli chiqadi. Biroq yoshlarga doimo ko'p narsalarni o'rgatishadi. Shu orqali yoshi kattalar, kichik futbolchilarni raqobatbardosh va g'alabaga tashna qilib tarbiyalaydi", -dedi Bartomeu. Manba: Express