"Barselona" yarimhimoyachi Ivan Rakitichni "Sevilya"ga rozi bo'ldi, deb xabar beradi Mundo Deportivo nashri.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 32 yoshli xorvat uchun 10 million evro so'ramoqda.

Xabar qilinishicha, futbolchining o'zi faoliyatini "Sevilya"da yakunlashni istamoqda

Eslatib o'tamiz, 2019/20 mavsumda Rakitich "Barselona" safida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta gollik uzatma amalga oshirdi