"Napoli" etakchisi Lorentso Insine  "A" Seriyaning so'nggi 38-turidan o'rin olgan "Latsio"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Katta ehtimol bilan Insine uchun mavsum yakunlandi. 

Hujumchi maydonni oqsoqlangan holda tark etdi. U sonidan jarohat olgan bo'lishi mumkin. 

Ma'lumot uchun, "Napoli" EChL nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi javob o'yinini 8 avgust kuni o'tkazadi. Tez orada Insinening jarohati borasida rasmiy ma'lumot beriladi.