Barcelona
[readimg]https://championat.asia/upload/storage/584478_680.jpg[/readimg]
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Vilianning transferi haqida fikrini bildirdi.
"Bu uning qarori. Bu savolga ochig'i qanday javob berishni ham bilmayman. Men Villian bilan juda yaxshi munosabatdaman. Lekin, u ya'kunda qanday qaror qabul qilishini bilmayman. Agarda, keyingi mavsumda ham biz bilan qolsa albatta xursand bo'laman. Ushbu mavsumda u ajoyib harakatlari bilan muvaffaqiyatlarimizga hissa qo'shdi. Uning tanlo'vini hurmat qilaman. "Chelsi" uchun eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qoladi degan umiddaman",-deydi Lempard.
Eslatib o'tamiz London klubi Braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlagan. "Chelsi" uning uchun 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Biroq, Villian "Barselona" taklif qilayotgan 3 yillik shartnomaga rozilik bermoqchi. Qolaversa "Arsenal" ham uni qo'lga kiritish istagida.
Manba: Sports.ru
UB
Fikrlar 0