Kataloniyaning «Barselona» klubi o'z hujumchisi Usmon Dembeleni sotishga qaror qildi.

«Barselona» rahbariyati frantsiyalik futbolchini asosiy tarkibda ko'rmayapti. Qolaversa, yangi futbolchi sotib olish uchun mablag' kerak. Shu sababli, «blaugranaslar» rahbariyati Dembelening o'rniga shu yilning yozida boshqa futbolchi izlamoqchi.

Qayd etilishicha, "Barselona"ning moliyaviy ehtiyojlarini qondiradigan jamoalar ko'p emas. Bundan tashqari, frantsiyalik futbolchining tez-tez jarohat olishiga alohida e'tibor qaratmoqda.