Italiyaning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines Kataloniyaning «Barselona» klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Manbaning aytishiga qaraganda, argentinalik hujumchi “Barselona” klubiga o'tishga rozi ekanligini bildirdi.

Avvalroq, “ko'k-anorranglilar” 22 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun Arturo Vidal va Ivan Rakitichlardan voz kechishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Inter» Martines bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirish payida yuribdi.