
Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o'ynayotgan futbolchilar orasida yakunlangan mavsumda «gol+pas» tizimi bo'yicha «Barselona» sardori Lionel Messiga etadigan o'yinchi topilmadi.Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 25ta gol urib, 21ta golga uzatma berdi. Yakunda u 46 ochko to'pladi.Ikkinchi o'rinni «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile egalladi. Italiyalik futbolchi ushbu mavsumda 36ta gol va 8ta uzatma muallifiga aylandi. Uchinchi pog'onani esa Robert Levandovski («Bavariya») egalladi — 34+4. "Yuventus" hujumchisi Krishtian Ronaldu esa bu ko'rsatkich bo'yicha 37 ball to'pladi (31+6).
Fikrlar 0