Barcelona
[readimg]https://championat.asia/upload/storage/584936_680.jpg[/readimg]
"Barselona" darvozaboni Mark - Andre ter Shtegen klub bilan hamkorlik bitimini uzaytirishga rozi bo'ldi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
28 yoshli Germaniyalik posbon 2025 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekadi.
Avvalroq klub rahbariyati darvozabonning maoshi borasida kelishuvga erisholmayotgani, ter SHtegenga "CHelsi" va "Bavariya"dan takliflar tushgani muzokaralar jarayonini yanada murakkablashtirib yuborgani to'g'risida xabar qilingan edi. Ammo muzokaralar ya'kunida kelishuvga erishilgan.
Ma'lumot uchun, La Liganing o'tgan mavsumida 36 o'yinda maydonga tushgan 28 yoshli golkiper 12 bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.
Manba: twitter.com/FabrizioRomano
UB
Fikrlar 0