UEFA shanba kuni bo'lib o'tadigan EChL o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar brigadalarini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, EChLning 1/8 final javob uchrashuvida «Barselona» - «Napoli» va «Bavariya» - «Chelsi» jamoalari o'zaro bahs olib boradi.

«Kamp Nou»da bo'lib o'tadigan uchrashuvni Jo'nayt Chaqir boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxattin Duran va Tarik Engyunlar yordam berishadi. Zahira hakami — Xalil Miler.

«Bavariya» - «Chelsi» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni esa ruminiyalik Ovidiu Xatsegan boshqarib boradi. Uning yordamchilari — Oktavian Shovre va Sebastyan George. To'rtinchi hakam — Radu Petresku.