«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Napoli»ga qarshi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi EChL doirasida darvozasini ishg'ol qilgan klublar soni 35taga etdi. Bu turnir rekordi hisoblanadi. «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 33ta turli klublar darvozasini zabt etgan.