«Barselona» va «Bavariya» klublari Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Kataloniyaliklar 1/8 final bosqichida «Napoli»ni, myunxenliklar «Chelsi»ni ortda qoldirishdi. "Gracenote Live" tarqatgan xabarga ko'ra, «Bavariya» va «Barselona» klublari o'z tarixlarida 18-marta EChL chorak finalga chiqishdi. Bu esa musobaqa rekordi hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ulardan keyingi o'rinni egallab turgan «Real» esa 16 marta chorak finalda ishtirok etgan.Turnirda chorak final bosqichi mavsum-1994/95dan boshlab joriy qilingan.