"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasining chorak finalida "Bavariya"ga qarshi o'ynamasligi mumkin, deb xabar beradi  Diario Sport.Futbolchi "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining zarbasi natijasida oyog'idan jarohat olgan. Messiga "yallig'lanish" tashxisi qo'yilgan, ammo klub bu shunchaki ko'karish deb umid qilmoqda. Tibbiy xodimlar jarohatning qanchalik jiddiyligini tekshirishmoqda.Eslatib o'tamiz, pandemiya bilan bog'liq vaziyat tufayli EChLning qolgan bosqichidagi bahslar faqat bitta o'yindan iborat bo'ladi. Bu esa Messining "Bavariya"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi juda muhim ekanligini, unda ikkinchi imkoniyat bo'lmasligini anglatadi.