Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "kesa sinoralar"ni tark etishi mumkin. Bu haqda  Diario Sport yozmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Ronalduning agenti portugaliyalik yulduzga yangi jamoa izlashni boshlab yuborgan.

 

Mendesh mijozini barcha top klublar singari "Barselona"ga ham taklif qilgan. Ammo "Yuventus" hozirgi sharoitda katta maosh oluvchi Ronalduni transfer qila olishi qiyin masala. 

Eslatib o'tamiz, Ronaldu yiliga  30 million evro maosh oladi. Avvalroq unga PSJ qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.