"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi."Biz o'zimizning kuchli jihatlarimizdan foydalangan holda o'yinning borishini nazorat qilishni istaymiz. G'alaba qozonishimizga ishonyapman, ammo oson bo'lmaydi. "Barselona" safida yaxshi o'yinchilar, ularning tajribasi katta va ko'p sovrinlarni qo'lga kiritishgan. Messi? Unga qarshi faqat bir futbolchi o'ynamaydi. Agar bir undan to'pni olib qo'ya olmasa, boshqasi yordamga keladi", — dedi Myuller.