
17 avgust, dushanba kuni «Barselona» klubi direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning iste'fosi borasida qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Rahbariyat bu borada bir qarorga kelib bo'lgan.Shuningdek, klubning rahbar lavozimidagi ba'zi shaxslari ham iste'foga chiqarilishi kutilmoqda. Jumladan, «Barselona» sport direktori Erik Abidal ham o'z lavozimidan ozod etiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, Setenni bosh murabbiy lavozimiga aynan Abidal taklif etgan edi.
Fikrlar 2
Latameono qachon yuqotamiz
:alo: yana bartomeu ham ketsin yoqalsin bartomeu