Argentinalik murabbiy Mauritsio Pochettino "Barselona" taklifini rad etdi. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda. 

Manbaning xabariga ko'ra, Pochettino avval "Espanol"ni boshqarganligi sababli "Barsa"ni boshqarishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, Mauritsio futbolchi sifatida ko'p yillar "Espanol" sharafini himoya qilgan. Keyinchalik "to'tilar"ni boshqargan.

O'z vaqtida Pochettino "Barsa"ni boshqargandan ko'ra, fermada ishlashni afzal ko'rishini aytgandi.