
Hujumchi Lionel Messi mazkur yozgi transfer paytida «Barselona»ni tark etmoqchi. Bu haqda Braziliyaning "Esporte Interativo" nashri jurnalisti Marselo Bexler xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi o'z qarorini klub rahbariyatiga ma'lum qildi. U shartnomasi yakunlanadigan muddat — 2021 yilning yozini kutmoqchi emas. «Barsa» tizimida ishlaydigan insonning "Esporte Interativo"ga ma'lum qilishicha, Messining klubdan ketish haqidagi qarori haqiqatan ham ancha qat'iy ko'rinmoqda. Sabab — klubda sovrinlar yutishga qodir bo'lgan jiddiy loyihaning yo'qligi.Avvalroq Messi «Inter» qarorgohiga yaqin joydan ko'chmas mulk sotib olgan edi.
Fikrlar 2
Bilmasam
Boshqalar ketadi messi qoladi