«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Seten iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

«Seten iste'foga chiqarildi», — deya Bartomeu so'zlarini keltirmoqda Tiempo de Juego.

61 yoshli mutaxassis «Barselona»da yanvar oyida Ernesto Valverdening o'rinini egallagandi.

«Barselona» Evropa Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya»ga 2:8 hisobida mag'lub bo'ldi. Mazkur mag'lubiyat tufayli Seten va uning ortidan jamoa direktori Erik Abidal ham ketishi xabar qilingandi.