
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen operatsiya qilinadi. Bu haqda klub rasmiy sahifalari xabar tarqatdi.
18 avgust kuni darvozabon tizzasidan operatsiya qilinadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Shtegen 3-4 oyni o'tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ter Shtegn yaqin vaqt ichida kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashi kerak edi. Avvalroq, uni "Chelsi"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar 1
Ha bu haqida aytilgandi endi stegen qaytkuncha vaqt kerak bo'ladi va barca darvoza bon ham olish kerak bo'ladi yani neto penya larga ishonib bo'lmaydi