
Italiyaning «Inter» klubi Lautaro Martinesni o'z safida saqlab qolishga harakat qilmoqda. Klub rahbariyati yaqin kunlar ichida argentinalik hujumchiga yangi shartnoma taklif qilishadi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, «Inter» Lautaro bilan besh yillik shartnoma imzolamoqchi. Futbolchining maoshi yiliga 6 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lautaroga asosiy nomzod Kataloniyaning «Barselona» klubi bo'lib turibdi.
Fikrlar 0