Frantsiyalik himoyachi Malang Sarr faoliyatini «Barselona» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. Klub sport direktori Erik Abidal futbolchi bilan suhbatlashishga ulgurdi.

Sarrning so'nggi jamoasi «Nitstsa» bo'ldi va u klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Avvalroq, bu futbolchiga Rossiyaning «Zenit» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.