Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida «Bavariya» klubi «Lion» ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi.Shu tariqa, myunxenliklar Chempionlar ligasining bir mavsumida urilgan gollar soni bo'yicha klub rekordini yangilashdi.42ta gol — Chempionlar ligasi tarixidagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Faqat "Barselona" 1999/2000 yilgi mavsumda 45ta gol bilan eng yaxshi natijani qayd etib turibdi. Ammo, myunxenliklar EChLning joriy mavsumida 10ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, «Barsa» mavsum-1999/2000da 16ta uchrashuvda maydonga tushgan.