
Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, "Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Anxelinoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni "Leyptsig"da ijarada o'tkazdi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Barseona"ning yangi murabbiyi Kuman chap qanot himoyachisi Xordi Albani o'z rejalariga kiritmayapti va u bilan xayrlashishga tayyor.
"Barsa"ning yangi sport direktori Ramon Planes Anxelino Albaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Himoyachining transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar 0