«Barselona» klubi Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichida "Bavariya"ga 2:8 hisobida yutqazganidan keyin "ko'k-anorranglilar" rahbariyati tarkibda tozalash ishlarini boshlagan bo'lsa, jamoa sardori Lionel Messi jamoadan ketish istagini bildirdi."Barselona" klubi sobiq futbolchisi Ronaldoning fikricha, argentinalik futbolchi jamoadan ketmaydi. "Uning "Barselona"dan ketish ehtimoli juda kam. Messi — jamoaning muhim o'yinchisi. "Barsa"ning o'rnida bo'lganimda men uni hech qachon qo'yib yubormagan bo'lardim. Uning klub bilan aloqalari mustahkam, birdaniga u jamoani yomon ko'rib qoladi, deb o'ylamayman", — dedi Ronaldo.