
"Barselona" yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoni jamoada saqlab qolmoqchi, deya xabar tarqatdi Sport.es.Manbaga ko'ra, Kuman ushbu masalada o'yinchining o'zi bilan gaplashib, uning keyingi rejalarini bilib olmoqchi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o'tkazmoqda. U barcha musobaqalar doirasida 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi. Koutinoning "Barsa" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikrlar 3
Balkim kumman oynata olar
Barsani qaysi yarimhimoyachisida wunaqa statistika bor ekan:kul:
Ajoyib ish bo'lardi