
"Barselona" prezidentligiga nomzod Jordi Farre "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi lavozimiga Ronald Kumanning tayinlanishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. — Kumanning tayinlanishi — to'g'ri qarormi?— Ha, Kuman — "Barselona" afsonasi ekanini inobatga olganda, yaxshi qaror. Uning xarakterini inobatga olganda, u hozirda jamoaga kerakli inson. Unga omad tilayman. Chunki uning oldida murakkab vazifa turibdi. — Sizning murabbiyingiz ham Kumanmi?— Agar Kuman yaxshi ishlasa, albatta jamoani boshqarishda davom etadi. Lekin bizda ham reja bor. Biz Yurgen Klopp bilan bir necha marta aloqaga chiqdik. Chunki, nazarimizda "Barsa"ga shunday murabbiy kerak", — dedi Jordi Farre.
Fikrlar 1
Yaxshì