
"Barselona" hujumchisi Luis Suares yozda jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, urugvaylik futbolchi shartnomaning oxirigacha "Kamp Nou"da qolmoqchi. U boshqa jamoa safiga o'tsa, maosh borasida yo'qotishga uchraydi."Barselona" uchun 33 yoshli futbolchining bir yillik maoshi 25 million evroga tushadi (soliqlar bilan birga). "Ayaks" esa Suaresga sof 3 million evro maosh taklif qilmoqda.Eslatib o'tamiz, Luis Suaresning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Jamoa yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchini o'z rejalariga kiritmayapti.
Fikrlar 2
[b] ALP, [/b] Zahirada nima qiladi ko'p maosh olib yaxwisi ketsin. Undan tushgan pulga Lautaro Martinesni olib keliwsin.
Eyyyy qolsin zaxirada bo'sayam