"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Kike Seten jamoa bilan o'rtadagi shartnomani to'liq bekor qilmoqchi. Bu haqda "El Espanol" xabar tarqatdi. Manbaga ko'ra, Seten va uning yordamchilari "Kamp Nou"dagi faks yuborib, ularning ishdan bo'shatilishini rasmiylashtirishni so'rashdi. Mutaxassislar muddatidan avval shartnoma bekor qilingani uchun kompensatsiya talab qilishmoqda. Shundan so'ng ular boshqa klub safida ish boshlash imkoniyatiga ega bo'lishadi.Eslatib o'tamiz, "Barselona" Chempionlar ligasi chorak final bosqichida "Bavariya"ga 2:8 hisobida yutqazganidan keyin Seten iste'foga chiqarildi.