«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmannning sobiq agenti Erik Olatsning aytishicha, futbolchi kataloniyaliklar safini tark etishga qaror qilgan edi.«Bavariya»ga qarshi uchrashuvdan so'ng Antuan jamoani tark etishni istagan edi. U bundan keyin jamoa rejasiga kirmasligini his qilgan edi. U ketishga jiddiy qaror qilgan edi. Keyin esa murabbiy almashdi. Kuman esa unga ishonayotganini aytib, uni qolishga ko'ndirdi», — dedi Olats.Eslatib o'tamiz, Grizmann 2019 yilda 120 mln evro evaziga «Atletiko»dan «Barselona»ga o'tgan edi.