Madridning "Real" futbolchilari WhatsApp'dagi shaxsiy suhbatda Lionel Messining "Barselona"dan ketmoqchi ekanligi haqida suhbatlashishdi.

ESPN xabariga ko'ra, 25 avgust kuni, birinchi mish-mishlar paydo bo'lganida, Madrid klubi futbolchilari ushbu ma'lumotdan shubhalanishgan.

Biroq ertasi kuni mish-mishlar o'sishda davom etar ekan, argentinalik futbolchining qarori "Real" futbolchilarini hayratda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Messiga asosiy da'vogar – bu "Manchester Siti".