
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Yuventus"ga qaytishi borasidagi mish-mishlarga izoh berib o'tdi.
"Pirlo "Yuventus" murabbiyiga aylangani juda yaxshi. U ajoyib futbolchi edi, qanday murabbiy bo'lishini tasavvur qilib ko'ring. U kam sonli insonlar qatorida o'z qarashlariga ega, shuning uchun u o'zini yaxshi ko'rsatishi mumkin.
Pirlo – ajoyib inson. Biz birga 4 marta skudettoni yutganmiz. Agar u menga qo'ng'iroq qilsa, xursand bo'laman", -dedi futbolchi.
Fikrlar 0