«Barselona» yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoadagi tartib-intizomni kuchaytirishga qaror qildi. Endi futbolchilar klub bazasiga mashg'ulot boshlanishidan bir soat oldin etib kelishlari kerak, deya xabar tarqatdi Sport.es.Manbaga ko'ra, bunday qoida "ko'k-anorranglilar"ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola paytida ham mavjud bo'lgan. Ammo Ernesto Valverde va Kike Seten paytiga kelib klubdagi intizom sustlashib ketgan edi.