«Barselona» hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi bugun Kataloniyaga etib kelganidan so'ng o'g'lining kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. «Leoning «Barselona»dagi kelajagi? Bu qiyin. Uning jamoada qolishi qiyin», — dedi Xorxe Messi.Shuningdek, u futbolchining «Manchester Siti»ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: «Men Pep [Gvardiola] bilan gaplashmadim. «Siti» borasida hozircha hech gap yo'q».