Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" hujumchisi Luis Suaresni sotib olishning o'ziga xos sxemasini ishlab chiqdi.

Jurnalist Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, "keksa sinora" 33 yoshli urugvaylik futbolchini erkin agent sifatida olishni istamoqda.

"Barselona"ni forvard bilan shartnomani tezda bekor qilishga undash uchun "Yuventus" futbolchining muvaffaqiyatli ishlashi uchun bonuslarni taqdim etadi.

Oldinroq Suares Italiya chempioni bilan 3 yillik shartnoma tuzishi mumkinligi ma'lum bo'lgan edi.