Ispaniyaning AS nashri muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi. So'rovnomada "Barselona" hujumchisi Lionel Messi asosiy rol o'ynadi.

Muxlislarga savol berildi: "Siz Messining "Barselona"da qolishini xohlaysizmi?". Taxminan 60% muxlislar salbiy javob berishdi.

Eslatib o'tamiz, Messi "Barselona"da qolishga qaror qildi. Katta ehtimol bilan futbolchi ushbu mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etadi.