"Barselona" hujumchisi Lionel Messi va yarim himoyachisi Filippe Koutino 9 sentyabr, chorshanba kunidan umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishadi. Argentinalik futbolchi 7 sentyabr, dushanba kuni "ko'k-anorranglilar" mashg'ulotiga qaytgan edi. Ammo u, Filippe Koutino kabi individual mashqlarni bajarayotgan edi. Braziliyalik futbolchi mavsumni ancha kech yakunlaganiga qaramay, ta'tilni muddatidan avval yakunlab, Kuman boshchiligidagi jamoa safiga kelib qo'shilgan edi.