Ispaniya matbuotining xabariga ko'ra, "Barselona" "Manchester Siti"ga himoyachi Erik Garsiya borasida rasmiy taklif yubordi. 

"Barselona" 19 yoshli himoyachi uchun 8 million evro taklif qilgan, biroq "shaharliklar" bu taklifni rad etdi. Manchesterliklar Erikni 40 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Garsiyaning "shaharliklar" bilan shartnomasi keyingi yilga yakuniga etadi. Avvalroq u yangi shartnoma imzolashni xohlamayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.