
Londonning «Arsenal» klubi qanot himoyachisi Ektor Belerin Kataloniyaning «Barselona» klubiga o'tishi mumkin. Kataloniyaliklar Belerin uchun 25 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Belerin «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Arsenal» safiga 2011 yili 16 yoshida yo'l olgandi.
O'z vaqtida «kanonirlar» Ektor bilan xayrlashishga tayyor. Shu sababli, yaqin soatlar ichida tomonlar muzokaralarni boshlashadi.
Fikrlar 0