Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti koronavirusga chalingan edi. Klub matbuot xizmatining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, frantsiyalik himoyachi ayni damda Koviddan butunlay qutulgan.

"Koronavirusga chalingan Umtiti ayni paytda ushbu infektsiyadan butunlay sog'aydi", - deyiladi klub bayonotida.