"Inter" "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal transferi bo'yicha muzokaralarni deyarli yakunladi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaning xabariga ko'ra, kelishuv yaqin soatlarda yakunlanadi, 33 yoshli chililik futbolchi yaqin kunlarda Milanga etib keladi, shundan so'ng uning transferi e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda Vidal "Barselona" tarkibida 43 o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 3 ta gollik uzatma amalga oshirdi.