
Ruminiyaning «Styaua» klubi evrokuboklarda penaltilar seriyasida g'olib chiqish bo'yicha rekordni takrorladi. Ushbu jamoa kecha Evropa ligasi 2-saralash bosqichi doirasida Serbiyada tarixiy o'yin o'tkazdi. Evrokuboklar tarixida ilk marta asosiy va qo'shimcha bo'ilmlardan keyin 6:6 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa «Styaua» jamoasi «Bachka-Topola» ustidan 5:4 hisobida ustun keldi. «Styaua» hisobida penaltilar seriyasi orqali evrokuboklarda qozonilgan g'alabalar soni 5taga etdi. Bu orqali jamoa «Tsrvena Zvezda», «Barselona», «Bavariya» va «Sevilya»ga tegishli rekordni takrorladi.
Fikrlar 0