Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z jamoasini Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan taqqosladi.

Shuningdek, Arteta jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan Per-Emerik Obameyang haqida ham fikr bildirdi.

«Obameyang qoldimi, demak bizda ajoyib jamoa bor. Men o'z ishimni bajardim. Barchani narsani Obameyangga tushuntirdim, «Arsenal»ning loyihasida o'rnini so'zlab berdi, xullas, ko'ndirdim. U jamoamiz bilan shartnomani uzaytirganidan xursandman.

«Barselona» klubidan bo'lgan qiziqish? Bizning klub ham xuddi «Barselona» singari katta sanaladi. Futbolchilar bizning loyihalarimizga ishonishlari kerak», - dedi ispaniyalik mutaxassis.