"Bavariya" "Ayaks" himoyachisi Serjino Dest bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda nemis matbuoti yozmoqda. Futbolchi yangi jamoasi bilan 1 yilga uzaytirish huquqi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning transferi myunxenliklarga 18 million evroga tushishi kutilmoqda. 

Avvalroq futbolchi uchun kurashda "Barselona" asosiy da'vogar bo'lib turgandi.